2024-yil 1-yanvardan boshlab:


Photo

2024-yil 1-yanvardan boshlab:

-  turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda 20 AQSh dollaridan 100 AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi.

- turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSh dollari ekvivalentida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi.

Bu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyulda qabul qilingan «TURIZM YO‘NALISHIDAGI ISLOHOTLARNI YANADA JADALLASHTIRISH VA SOHADA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»gi  PQ-238-son qarorida nazarda tutilgan.