21-mart kuni yana ikkita “KHAN HOTEL SAMARKAND” va “SAMARIA HOTEL-M” mehmonxonalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Photo

Samarqandga turistlar oqimini oshirishning muhim masalalaridan biri  ularga sifatli xizmat ko‘rsatishdir. Bu borada viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi tomonidan infratuzilma obyektlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, turizm sohasi obyektlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yil boshida viloyatda bir vaqtning o‘zida 11 mingga yaqin sayyohni qabul qila oladigan 158 ta mehmonxona mavjud  edi.

Xonalar soni 68 ta xonadan iborat “Khan Hotel Samarkand” mehmonxonasi sharqona uslubda qurilgan va jihozlgan.
Ushbu mehmonxona shaharning tarixiy qismining eng markazida – Shohi Zinda majmuasi ro'parasida joylashgan bo'lib  uni xorijlik mehmonlar uchun yanada jozibador qiladi.
“Khan Hotel Samarkand”ning loyiha qiymati 1,5 million dollarni tashkil etdi. Ushbu mehmonxonada mehmonxona xonalaridan tashqari fitnes zali, sauna, konferensiya zali va 52 o‘rinli banket zali mavjud.Ushbu mehmonxona ishga tushirilishi bilan 50 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. 

Shuningdek, Navroʻz umumxalq bayrami kuni Dahbet koʻchasida  joylashgan "Samaria Hotel-M" shahar mehmonlari uchun o'z eshiklarini ochdi. Ushbu mehmonxonada 70 kishiga mo'ljallangan 33 ta mehmonxona xonasi, shuningdek, 100 kishilik banket zali, basseyn va sauna mavjud.  Ushbu loyihani amalga oshirish  22,3 mlrd. so'mni tashkil etdi  va bugungi kunda 33 kishini doimiy ish bilan ta’minladi.