27-mart - Butunjahon teatr kuni.


Photo

Samarqandda “El merosi” tarixiy liboslar teatri mavjud.

Bu Markaziy Osiyodagi yagona teatr 2005 yilda ochilgan va bugungi kunda Samarqand mehmonlari orasida juda mashhur. Teatrning o'ziga xosligi uning Samarqand hududida turli tarixiy davrlarda yashagan millatlarning liboslari to'plamidadir.

Tarixiy liboslar teatri spektakli 12 qismga bo'lingan. U qadim zamonlardan, yaʼni hozirgi Oʻzbekiston hududida saklar va massagetlar qabilalari yashagan davrdan boshlanib zamonaviy milliy liboslar bilan tugaydi.
Milliy cholg'u asboblari va an'anaviy raqslar - tasvirlangan davrga xos kayfiyatni o'rnatadi.

Tarixiy liboslar teatri ijodkorlarining fikricha, ularning chiqishlari nafaqat sayyohlarni, balki mahalliy yoshlarni ham mamlakat tarixi, madaniyati va etnografiyasiga jalb qilish yo‘llaridan biridir.