30 noyabrdan Samarqand xalqaro aeroporti hududida toʻliq avtomatlashtirilgan avtoturargohlar tizimi ishlay boshladi.


Photo

30 noyabrdan Samarqand xalqaro aeroporti hududida toʻliq avtomatlashtirilgan avtoturargohlar tizimi ishlay boshladi.

Aeroport hududiga kirishda tizim avtomashinaning davlat raqamlarini avtomatik ravishda tanib oladi. 

To'lov avtoturargoh maydonida joylashgan parkomatlar orqali naqd pulda yoki avtoturargohdan chiqayotganda bank karta orqali amalga oshiriladi.  
To'lov miqdori electron tabloda  ko'rsatiladi.

Aeroport  hududida mashina turishining dastlabki 15 daqiqasi bepul.

“Air Marakanda” MChJ maʼmuriyati avtotransport vositalarining yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi, shikastlanishi yoki toʻliqligi buzilganligi, toʻxtash joylarida joylashgan boshqa mol-mulkning, shu jumladan, transport vositasida qolgan mol-mulkning yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishi uchun javobgar emas.