7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni.


Photo

So‘nggi yillarda an’anaviy turizm bilan bir qatorda tibbiy turizm ham keng tarqalib,  u yashash mamlakatidan tashqarida tibbiy xizmat ko‘rsatish, xorijda yuqori malakali tibbiy yordam olish bilan dam olishni uyg‘unlashtirish amaliyotini o‘z ichiga oladi.

Tibbiyotning sifat darajasi bilan bir qatorda, tibbiy turizmning rivojlanish dinamikasini ta’minlaydigan omillari mintaqaning barqarorligi, hududiy qulaylik, mahalliy aholining bag’rikengligi, iqlimiy omillar, davolanish va noyob tarixiy, arxeologik va tabiiy obidalari bilan tanishishdan iboratdir.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida turizmning boshqa turlari qatori tibbiy turizm ham rivojlanmoqda. 

Masalan, Nurobod tumanidagi sanatoriylarda tayanch-harakat tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, gipertoniya kasalliklari, allergik ko‘rinishlar, bronxial astma kabi kasalliklarni davolash bo‘yicha keng ko‘lamli muolajalarni olish mumkin. Bo'g'imlardan tuzlarni olib tashlashda - radon vannalari, bronxial astma alomatlarini - tuz konlari engillashtirishda juda foydali.