Air Marakanda kompaniyani MILEONAIR SOFTWARE DESIGN IT-kompaniyasi bilan hamkorligi doirasida O'zbekistonda birinchi bor Samarqand xalqaro aeroportning biznes zaliga (CIP) ∙on∙PASS xizmati ishga tushirildi.


Photo

∙On∙PASS xizmati Mileonair bonus dasturining bir qismidir. Ushbu xizmatni ro'yxatdan o'tkazishda yo’lovchilar sayohat davomida millarni tejash va sarflash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Buning uchun yo'lovchi mobil ilovani yuklab olishi, ro'yxatdan o'tishi va biznes zalga kirishda QR kodini taqdim etishi kerak.

Samarqand xalqaro aeroporti yo'lovchilari bar, chekish xonasi, ibodat xonasi, bolalar o'yin maydonchasi, yuk saqlash kamerasi bilan jihozlangan CIP zalidan foydalanishlari mumkin, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga oziq-ovqat va ichimliklar bufeti, gadjetlarni zaryadlash uchun rozetkalari, dam olish joylari, Wi-Fi, yangi matbuot va Duty Free do'konlari piyoda masofada taklif etiladi.