“Air Marakanda” MChJ Samarqand xalqaro aerorpoti orqali 2023-yil bahor-yoz davrida quyidagi yangi yoʻnalishlar tashkil etilishini va mavjud yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar soni oshirilishini eʼlon qiladi:


Photo

- 18-martdan Qozog‘istonning “FlyArystan” aviakompaniyasi Olmaota- Samarqand- Olmaota reyslarni haftasiga 2 marta chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda;

– 26 - martdan “Wizz Air” aviakompaniyasi Abu-Dabi – Samarqand – Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar  haftasiga 4 marta oshirilmoqda;

– 27-martdan boshlab Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Mineralnye Vodi – Samarqand – Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar  haftasiga 2 marta oshirilmoqda;

– 27-martdan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftasiga  6 marta oshirilmoqda;

- 28-martdan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Tatariston poytaxti – Qozonga parvozlar dasturini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, parvozlar haftada bir marta seshanba kuni amalga oshiriladi;

- 30-martdan Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi haftasiga bir marta Sankt-Peterburg – Samarqand – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda;

- 21-apreldan Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marta – dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi;

- 30-apreldan Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi Novosibirsk – Samarqand – Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftasiga 1 martadan 2 martagacha oshirishni rejalashtirmoqda.