APTA (O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi) pilot loyihasi doirasida Samarqand viloyatidagi 31 ta oilaviy mehmon uylari tasniflandi.


Photo

Oilaviy mehmon uylari uchun tasniflagich loyihasi, shuningdek, reyting yulduzlari va sertifikat O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi tomonidan USAIDning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning “O'zbekistonda CBT (Community Based Tourism)ni  qishloq aholisining kasbiy malakasini oshirish orqali rivojlantirish. II bosqich” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Oilaviy mehmon uylarini baholash natijalariga ko‘ra, klassifikator loyihasiga muvofiq 31 ta oilaviy mehmon uylaridan 16 ta oilaviy mehmon uyiga toifa (bir yulduzdan uch yulduzgacha) berildi.

Eslatib o‘tamiz, USAID loyihasi doirasida pilot loyiha ishtirokchisi bo‘lish va klassifikator loyihasiga muvofiq baholashda ishtirok etish istagini bildirgan 100 ta oilaviy mehmon uyi bepul tasniflanadi.