Ayni paytda Changsha shahrida (Xitoy) Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi WTCF sammiti oʻz ishini boshladi.


Photo

Ushbu sammitda dunyoning 83 davlatidan 159 sayyohlik shahri vakillari ishtirok etmoqda.

2018-yilda Samarqand sammitda ilk bor mehmon sifatida ishtirok etdi va shundan so‘ng WTCF a’zoligiga qabul qilindi.

WTCF sammitida O‘zbekiston Respublikasi, xususan, Samarqand shahri vakili sifatida viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov ishtirok etmoqda.

Sammitda Samarqandning turizm salohiyati, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar taqdimot qilinmokda.

Eslatib o‘tamiz, WTCF 2012-yilda dunyoning taniqli turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan. Bu shaharlarga asoslangan dunyodagi birinchi xalqaro turizm tashkilotidir. Hozirda u nufuzli xalqaro turizm tashkilotiga aylandi.