Ayni paytda, Samarqand viloyatining ziyorat turizmi salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida Registon ansamblining "Mirzo Ulug'bek" madrasasida "Ziyorat turizmi yarmarkasi va ko'rgazmasi" o'tkazilmoqda.


Photo

Tadbir doirasida amaliy san'atni yoritib beruvchi  hunarmandchilik buyumlari, tasviriy, amaliy san'at asarlari, hamda yangi uslubdagi esdalik sovg'alari ko'rgazmasi va sotuvi tashkil etilgan.

Tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov ochib berdi.