Ayni vaqtda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida oilaviy mehmon uylariga tasnif sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.


Photo

APTA (O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi) pilot loyihasi doirasida Samarqand viloyatidagi 31 ta oilaviy mehmon uylari  tasniflandi.

Oilaviy mehmon uylari uchun tasniflagich loyihasi, shuningdek, reyting yulduzlari va sertifikat O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi tomonidan USAIDning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning “O'zbekistonda CBT (Community Based Tourism)ni  qishloq aholisining kasbiy malakasini oshirish orqali rivojlantirish. II bosqich” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Oilaviy mehmon uylarini baholash natijasida klassifikator loyihasiga muvofiq 16 ta oilaviy mehmon uyiga bir yulduzdan uch yulduzgacha baho berildi.