"Ayollar va yo'llar: o'zligingizga boʻlgan ipak yo'li"


Photo

Shu kunlarda mashhur “Ayollar va yo‘llar: o'zligingizga yo'l” loyihasi doirasida noodatiy avtoprobeg bo‘lib o‘tmoqda va Rossiyaning AK-Production kompaniasi ijodiy guruhi tomonidan hujjatli film suratga olinmoqda. 

"Ayollar va yo'llar: o'zligingizga boʻlgan ipak yo'li" filmida rejissyorlar ayollar siymolari xilma-xilligi va sayohat dinamikasi orqali mamlakatning go'zalligini ochib bermoqdalar. Rossiya va O‘zbekistonning ijodkor va ishbilarmon ayollari ma’lum bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib, mahalliy ayollar – turli kasb egalari bilan uchrashmoqdalar.

Ijodiy guruh Samarqandga tashrif buyurib, shaharning tarixiy va diqqatga sazovor joylarida hamda hunarmandlar markazida suratga olish ishlarini olib bordi. Shuningdek, loyiha doirasida “Silk Road Samarkand” majmuasi hududida turli kasb sohibalari bilan Public Talk formatida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

G'oya mualliflari, loyiha va filmlar rejissyorlari va prodyuserlari - Kristina Kretova va Anna Kameneva  sayohat  hamda  ijod va biznesning turli sohalarida o'z-o'zini rivojlantirishni targ'ib qiluvchi 3 ta film suratga olishgan.

– Samarqandda bo‘lgan kunlarim bu yerda ko‘plab turistik loyihalarni amalga oshirish mumkinligini angladim, – deydi yozuvchi va tadbirkor Kristina Kretova. – Gap nafaqat Samarqandning tarixiyligida, bu shaharning eng katta boyligi odamlaridir. Art-galereya egasi, dizayner Lena Ladik tashrif buyuruvchilarni shunday iliqlik bilan kutib oladiki unga  hech bir sayyoh befarq  qolmaydi.

Shuningdek "Ayollar va yo'llar: o'zligingizga boʻlgan ipak yo'li" filmi avtoulovda, masalan, ayollar kompaniyasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan tayyor turistik marshrut g'oyasini ham o'z ichiga oladi.