“Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTI” tasdiqlangan.


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  30.11.2023 yildagi  “MALAKA SERTIFIKATLARINI BERISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TIZIMLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” 635-sonli qarori bilan   “Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona MA’MURIY REGLAMENTI”  tasdiqlangan. 

Shu jumladan, “Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish PASPORTI” tasdiqlangan.

Reglament quyidagi tartibni belgilaydi:
jismoniy shaxslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
malaka sertifikatini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
malaka sertifikatini berish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi;
malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish tartibi;
davlat xizmatini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar taqsimoti tartibi.
 
Ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
 
Vakolatli organ malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi.