BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining navbatdagi 25-sessiyasi 2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan


Photo

UNWTOning asosiy maqsadi - turizmning rivojlanishiga ko‘maklashish, iqtisodiy taraqqiyot, xalqaro anglashuv, tinchlik, farovonlik, hamma odamlarning irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish.
                                                                                1975 yil 2 yanvar kuni  UNWTOning Nizomi va qoidalari kuchga kirgan. 
                                                                            UNWTO faoliyatining yo'nalishlari:

- turizmni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik. Hukumatlarga turizm bilan bog'liq keng ko'lamli masalalar, jumladan, bosh rejalar va texnik-iqtisodiy asoslar, investitsiyalar va texnologiyalar transferi ehtiyojlarini aniqlash, turizm marketingi bo'yicha maslahat va yordam ko'rsatish;

- kadrlar salohiyatini rivojlantirish. Turizm sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini, shu jumladan “trenerlar tayyorlash” kurslarini, qisqa muddatli va sirtqi kurslarni, shuningdek, UNWTO ta’lim va o‘quv markazlari tarmog‘ini kengaytirishni tashkil etishning asosiy tuzilmasi;

- atrof muhit. UNWTO turizmning barqaror rivojlanishiga va ekologik muammolarni hal qilish bo'yicha amaliy choralar ko'rishga yordam beradi;

- turizmni rivojlantirish sifati. UNWTO turizmni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha ish olib boradi va turizm xizmatlari savdosini liberallashtirishni ragʻbatlantiradi, turistlar salomatligi va ularning xavfsizligini himoya qilish choralarini koʻradi;

- statistika, iqtisodiy tahlil va bozor tadqiqotlari. UNWTO 180 dan ortiq mamlakat va hududlardan Turistik ma'lumotlarini to'plash, tahlil qilish va tarqatish uchun asosiy markazdir. UNWTO doimiy ravishda dunyoda turizmni rivojlantirish tendentsiyalarini kuzatib boradi va tahlil qiladi.