"Boqiy shahar" majmuasida Duty free ochildi


Photo

Boqiy shahar" tarixiy va etnografik bog'ida chet el fuqarolari uchun ichki hududda faoliyat yuritadigan Duty free do'koni ochildi. Litsenziya taqdim etish marosimida Silk Road Samarkand majmuasi rahbarlari, Bojxona qo'mitasi vakillari, Sayyohlik politsiyasi va AeroHoreca vakillari ishtirok etishdi. 
Majmuada yana ikkita do'kon ochilishi rejalashtirilgan, bular Silk Road by Minyoun va Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonalarida.


Duty Free do'konlarida tovarlarni shaxsni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, qaytish chiptasi taqdim etilgandan so'ng sotib olishingiz mumkin. Mijozlarga Samarqand xalqaro aeroportidan jo'nab ketayotganda sotib olingan tovarlari qadoqlangan ravishda topshiriladi.