“Boqiy shahar” XXI asrda” maqolasi chop etildi


Photo

MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik boʻyicha davlatlararo jamgʻarmasining “Forum” jurnalida “Boqiy shahar” XXI asrda” maqolasi chop etildi.

“Uch ming yil sayyora uchun soniyalar, koinot uchun hatto bir lahza ham emas, lekin insoniyat uchun bu deyarli abadiyat. Samarqand abadiy deb atalgan shaharlardan biridir”, - deb yozadi maqola muallifi Anastasiya Pavlenko.

Maqoladagi “Turistik xab” sarlavhasi ostida “albatta, turizm qadimiy shahar iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylandi. Shahar O‘zbekistonning eng ko‘p tashrif buyuradigan turistik markazidir va turizmdan olinadigan daromad shahar iqtisodiyotining muhim qismini tashkil etadi” deb ta’kidladi muallif.

Eslatib oʻtamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining 2023-yil 13-oktabrdagi qarori bilan Samarqand shahri 2024-yilgi Hamdoʻstlikning madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan edi.