Bugun, 29-iyun kuni, “Sayohat barcha uchun!” loyihasi doirasida Samarqandga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 150 nafar mehmon keldi.
Mehmonlar Samarqand shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi, kunning ikkinchi yarmida esa sayohat “Konigil” turizm qishlog‘i va Silk Road Samarkand turistik markazining “Boqiy shahar” majmuasiga davom etadi.
29 iyundan 5 iyulga qadar 600 dan ortiq qoraqalpog‘istonliklarning Samarqandga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Madaniyat va turizm vazirligining “Sayohat barcha uchun!” ijtimoiy loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun sayohatlar tashkil etilmoqda.