Bugun O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning Ispaniya tomoni vakillari Samarqandga keldi.
Viloyat hokimligida Ispaniya sanoat, savdo va turizm vaziri o‘rinbosari Shiana Mendez, Ispaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Markos Gomes Martinez, shuningdek, Ispaniya sanoat, savdo va turizmi vazirligining mas’ul xodimlari ishtirok etgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
– Rui Gonsales de Klavixoning Ispaniya elchixonasining Samarqandga Temur saroyiga qilgan sayohati haqida hikoya qiluvchi sayohat kundaligi Temur va o‘sha davrdagi Moverannahr haqida bebaho ma’lumotlarni taqdim etadi, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov. – Ispaniya grandining asari XV asr boshlaridagi Markaziy Osiyo tarixi, iqtisodiyoti, madaniyati, hayotini o‘rganishda hozirgacha muhim manba hisoblanadi.
– Qadimiy shahringizda Klavixo xotirasi ehtiromlanayotgani va ko‘chalardan biriga uning nomi berilgani bizni juda xursand qildi, – dedi uchrashuv chog‘ida Shiana Mendez.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va turizm industriyasining transport logistikasi boʻyicha Ispaniya tajribasini oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ispaniya delegatsiyasi Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylari va “Silk Road” turizm markaziga tashrif buyurdi