Bugun Samarqand Xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi o’z ishini boshladi.


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 24 dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish,  viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo’yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-455-son Qaroriga asosan  bugun Samarqand Xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi o’z  ishini boshladi.

Turizm axborot markazlarida chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, turistlar uchun qiziqarli boʻlgan madaniy meros obʼyektlar toʻgʻrisida, turistik yoʻnalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar bo’yicha batafsil  maʻlumotga ega boʻlish mumkin.

Samarqand shahrida o‘tgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2023-yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.