Bugun Samarqand xalqaro aeroportida Jazeera Airways aviakompaniyasining birinchi reysi kutib olindi.
Quvaytning "Jazeera Airways" aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi. Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilmoqda.
Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
"Jazeera Airways" Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi o'z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.