Bugun Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik Yigʻilishi oʻz ishini boshlaydi.


Photo

Bu yilgi tadbirning asosiy mavzusi (Investing in Resilience) “Iqtisodiy chidamlilik va barqarorlikka investitsiyalar kiritish”, deb nomlandi.
Tadbirda 73 davlatdan 2000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, shuningdek, yetakchi xorijiy OAV vakillari ishtirok etadilar.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston YTTBga 1992-yil 30-aprelda aʼzo boʻlgan. Bankning vakolatxonasi Toshkent shahrida 1993-yil may oyida ochilgan.