Bugun xalqimiz suygan afsonaviy "Yalla" vokal cholg‘u ansambli o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda.


Photo

Shu munosabat bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek estrada san’atini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishdagi alohida xizmatlari uchun ansambl ijodiy jamoasini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Jumladan, "Yalla" badiiy rahbari Farrux Zakirov "El-yurt hurmati" ordeni bilan, sozandalari Abbos Aliyev, Igor Xalikov, Timur Xalikov, direktori Javlon Toxtayev  "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi. 

Ushbu farmon ansambl yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda o‘qib eshittirildi.

Qutlug‘ yubileyingiz va davlatimizning yuksak mukofotlari muborak bo‘lsin! Jamoangizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.