Bugun Xitoy Yangi yili boshlanishi munosabati bilan “Silk Road Samarkand” turistik markazida bayram dasturi bo'lib o'tmoqda.


Photo

“Silk Road Samarkand” turistik markazida Xitoyning mashhur Minyoun Hospitality mehmonxonalar tarmog‘i tomonidan boshqariladigan to‘rt yulduzli  Stars of Ulughbek by Lia Minyoun va besh yulduzli Silk Road by Minyoun mehmonxonalari mavjud.
Bugun Xitoy Yangi yili boshlanishi  munosabati bilan YI Palace restoranining o'ziga xos interyerlarida bayram dasturi bo'lib o'tmoqda.

Tadbir mehmonlarini  mehmonxona bosh menejeri janob Charli Yang tabrik so‘zi bilan qutladi.

Mehmonlar uchun mashhur xitoy dim-sum chuchvaralarni pishirish bo'yicha oshpazdan master-klass o'tkazildi va taomning tarixi aytib berildi. Shuningdek, an'anaga ko'ra o'tkaziladigan haqiqiy xitoy choyi marosimidan мehmonlar bahramand bo'lishdilar.

Xitoyliklarning o'zlari Yangi yilni bahor bayrami deb atashadi va bu bayramning tarixi 4000 yildan ortiq.