Bugun "Yoshlar turizmi haftaligi" boshlandi.


Photo

Haftalikdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni ta’til vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 

Haftalik doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan sayohat qiluvchi yoshlar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temiryo‘l chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilangan. 

  Bugun, 4 yanvar kuni 100 nafar Samarqand shahar maktablarining faol o‘quvchilari hamda kam ta'minlangan oila farzandlari uchun Samarqandning diqqatga sazovar joylari va “Silk Road Samarkand” turizm markaziga sayohat tashkil etilgan.