Bugun "Yoshlar turizmi haftaligi" doirasida Jomboy tumanining faol 100 dan ziyod yoshlari sayohatni boshlashdi


Photo

Haftalikdan ko‘zlangan maqsad - ta’til vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlar asosida yoshlarning diqqatga sazovor joylarga sayohatlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, imkoniyati cheklangan o‘quvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 

Haftalik doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan sayohat qiluvchi yoshlar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temiryo‘l chiptalariga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalari belgilangan. 

  Bugun, 4 yanvar kuni 100 nafar Jomboy tumani maktablarining faol o‘quvchilari hamda kam ta'minlangan oila farzandlari uchun Samarqandning diqqatga sazovar joylari va “Silk Road Samarkand” turizm markaziga sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan.