Bugun "Yoshlar turizmi haftaligi" doirasida Toyloq va Samarqand tumanlarining faol 150 dan ziyod yoshlari sayohatlari amalga oshirilmoqda.

Haftalikdan ko‘zlangan maqsad - ta’til vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlar asosida yoshlarning diqqatga sazovor joylarga sayohatlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, imkoniyati cheklangan o‘quvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Haftalik doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan sayohat qiluvchi yoshlar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temiryo‘l chiptalariga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalari belgilangan.
Bugun, 5-yanvar kuni 150 nafardan ziyod Toyloq va Samarqand tumanlari maktablarining faol o‘quvchilari hamda kam ta'minlangan oila farzandlari uchun Samarqandning diqqatga sazovar joylari bo’ylab sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.