Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.


Photo

Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida UNWTOning 25-Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida o'tkazish bo'yicha O'zbekiston hukumatining tashkiliy qo'mitasi raisi o'rinbosari Aziz Abduhakimov va Madaniyat va turizm vazirining birinchi o’rinbosari Ulug’bek A’zamov kutib oldilar.

 Tashrif davomida joriy yilning 16-20-oktyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsad qilingan.  

Ta'kidlash joizki, ushbu keng koʻlamli tadbir doirasidа UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining tashabbusi bilan Samarqand shahriga “Jahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish toʻgʻrisida UNWTO Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

UNWТО delegatsiyasining Toshkent va Samarqandga tashrifi 16-iyulgacha davom etadi.