China Global Television Network televizion tarmog‘ida Samarqand haqida maxsus telekoʻrsatuv namoyish etiladi.

Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro tashabbusi Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng yo‘l ochdi.
Yaqinda Xitoyning CGTN (China Global Television Network) global televizion tarmog‘i ijodiy jamoasi Samarqandda bo‘ldi.
Xitoy telejurnalistlarini eramizning 7-asr oʻrtalariga oid Afrosiyob freskalari juda qiziqtirdi, ayniqsa uning shimoliy devoridagi “Xitoy paneli”da tasvirlangan ov qilayotgan Xitoy imperatori va qadimiy Samarqanddagi Ixshid saroyiga qayiqda kelayotgan Xitoy malikasi.
Ma'lumki, Xitoy imperatorining maslahatchisi Kay Lun milodiy 105 yilda qog'ozni yaratgan. VII-VIII asrlardayoq O‘rta Osiyoda qog‘oz ishlab chiqarish rivojlanganligi va Samarqand qog‘ozi ayniqsa mashhur bo‘lganligi CGTN koʻrsatuviga “Konigil” turizm qishlog‘i misolida ham kiritildi.
Xitoy telejurnalistlari, shuningdek, “Silk Road Samarkand” turistik majmuasiga tashrif buyurib, Xitoyning Minyoun Hospitality mehmonxonalar tarmog‘i tomonidan boshqariladigan besh yulduzli “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasi bilan tanishdilar.
Albatta, Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylari CGTN jurnalistlarining telekoʻrsatuvi syujetining asosi boʻldi.