CNN jurnalistlari “SAMARQAND RUHI” nomli hujjatli filmini suratga olishmoqda.


Photo

CNN jurnalistlari “SAMARQAND RUHI” nomli hujjatli filmini suratga olishmoqda.

Shu kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan, CNN jurnalistlari Samarqandda ish olib borishdi.

 CNN ijodiy jamoasi 30 daqiqalik “Samarqand ruhi” nomli hujjatli filmida Samarqandning tarixiy va madaniy yodgorliklari, o‘zbek xalqining an’analari va milliy urf-odatlarini aks ettiradi.

 
 Ma’lumot uchun: CNN — dunyoda birinchi bo‘lib 24 soatlik uzluksiz yangiliklar translyatsiyasi konsepsiyasini taklif qilgan Amerika telekanali.

 CNN yangiliklari kosmik sun'iy yo'ldoshlar orqali uzatiladi va dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida ko'rish uchun mavjud.  Ushbu kanalning dunyo bo'ylab 4000 ga yaqin jurnalistlari bor.