Eko-mehmonxona yoki yashil mehmonxona


Photo

Eko-mehmonxona yoki yashil mehmonxona – bu ekologik barqaror mehmonxona yoki turar joy bo‘lib, uning tuzilmasiga tabiiy muhitga ta’sirni kamaytirish maqsadida ekologik jihatdan takomillashtirilgan muhim o‘zgarishlar kiritilgan. Eko-mehmonxonaning asosiy tushunchasi - bu yashil hayot tamoyillariga amal qilinadigan ekologik mas'uliyatli turar joy.

Odatda, eko-mehmonxona quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

      - Tabiiy muhitga bog‘liqlik;

      -  Ekologik barqarorlik;

       - Tabiatni asrashga qo‘shilgan aniq hissa;

       - Ekologik ta'lim dasturlarini ta'minlash;

      - Madaniy jihatlarni hisobga olish;

       - Hamjamiyatga iqtisodiy manfaatdorlik keltirish.

Ekologik toza mehmonxonalar o‘z mehmonlarining xavfsiz, zararsiz va energosamarador xonalarda istiqomat qilishlarini kafolatlovchi ekologik tavsiyalarga qat’iy amal qiladilar. Ekologik toza mehmonxonaning ayrim asosiy xususiyatlari:

       - Mehmonxonani tozalash jarayonida zararsiz tozalash va yuvish vositalaridan foydalaniladi;

       - Choyshablar, sochiqlar va matraslar 100 foiz tabiiy paxtadan tayyorlangan;

       - Quyosh yoki shamol energiyasi kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari;

       - Chiqindilarni kamaytirish uchun alohida paketlar o'rniga organik sovun va hojatxona buyumlari to’plami;

       - Mehmonxona xonalari va vestibyulida chiqindilar uchun qutilar;

      - Sochiq va choyshablarni takroran ishlatish (yuvish uchun suv sarfini kamaytirish maqsadida mehmonlar ularning almashtirmaslikni so’rashlari mumkin);

      - Energiya tejamkor yoritish tizimi;

      - Mehmonxona hududida ekologik toza transport vositalaridan foydalanish;

       - Mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan tabiiy taomlarni taklif qilish;

      - Bir marotaba ishlatiladigan idishlar;

       - Toza havo aylanishi tizimining mavjudligi;

     - Chiqindi suvlarini tozalash tizimining mavjudligi – idish-tovoq yuvish, yuvinish, kir yuvish, ekinlarni sug’orish va ko‘kalamzorlashtirish uchun suvni takroran ishlatish.