Fransiyada Samarqand turizmi targ‘iboti qilindi


Photo

Avval xabar berganimizdek, turizm soha vakillaridan iborat Samarqand viloyati delegatsiyasining Yevropa mamlakatlari boʻylab xizmat safari davom etmoqda.

Fransiyaning Parij shahrida “Samarqand - Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kompaniyasi tashkil etildi.

Tadbirda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan fransiyaning biznes vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari hamda Fransiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.               

Tadbir doirasida Samarqand viloyati turizm salohiyati, transport-logistika tizimida sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, turistik kompaniyalari tomonidan yangi turizm mahsulotlari to’g’risida taqdimotlar tashkil etildi.     

Shuningdek, G2B, B2B uchrashuvlar tashkil etilib, mamlakatimizga fransiyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ikki tomon turistik korxonalari o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  

        Tashrif buyuruvchilarga Samarqandning gastronomik turizm salohiyati, sharq shirinliklari, Samarqand nonlari ko’rgazmasi namoyish etildi hamda Samarqand oshi tayyorlanib mehmonlarga tortiq etildi.