Gyeongju shahri meri Samarqand turizm vakillarini qabul qildi


Photo

Samarqand viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari davomida Samarqand bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan Gyeongju shahrida Samarqand viloyati turizm salohiyati targ’iboti yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda shahar meri Joo Nak Youn bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, turizm sohasida yaqindan hamkorlik qilish hamda istiqboldagi rejalar, koreyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish yuzasidan kelishib olindi.

Joo Nak Youn Samarqand bilan do’stlik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini, Gyeongju shahrida Samarqandning turizm targ’iboti uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi.

Gyeongju turizmni qo’llab-quvvatlash markazi (Gyeongju Turism support Centre)da Samarqand uchun alohida joy ajratish, shaharning markaziy ko’chalaridagi LED ekranlar va bilbordlarda turizm targ’iboti yuzasidan video materiallarni joylashtirish bo’yicha kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda Gyeongju shahridagi oliy ta’lim muassasalari bilan kadrlar tayyorlashni yuqori boshqichga olib chiqish ikki tomonning turizm salohiyatini rivojlanishida muhim o’rin tutishi alohida e’tirof etildi.