Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi.


Photo

Bu haqda 1977 yilda  ICOM (International Council of Museums - Xalqaro muzeylar kengashi)ning XI konferensiyasida qaror qilingan edi.

Jamiyat tarixiy-madaniy merosga o‘z munosabatini muzeylar orqali bildiradi. Muzeylar moddiy va ma’naviy yodgorliklarini to‘plash va asrab-avaylash orqali bizga o‘tmishimizni o‘rgatadi va ongimizni yangi g‘oyalarga ochadi – bu esa  kelajak qurish yo‘lidagi ikkita muhim qadamdir.

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Samarqand shahridagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtmoqda.