Hindistonda Samarqandning sayyohlik salohiyati namoyish etildi.


Photo

Bangalor shahrida mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJning Dehlidagi vakolatxonasi va The Tribe & Co hamkorligida tashkil etilgan festival “Samarqandga yo‘l” (Road to Samarkand) deb nomlandi.

Xalqaro tadbir Bangalordagi «Jayamahal Palace» mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Festival hududi O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan rang-barang mahsulotlar bilan bezatildi. 

O‘zbekiston haqida oʻtkazilgan tanlov ikki g‘olibiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ tomonidan mamlakatimizga tashrif buyurish uchun aviachiptalar taqdim etildi.

Festival tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, kun davomida tadbirga 15 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lumot uchun: Bangalor – Karnataka shtatining ma’muriy markazi boʻlib, mamlakatning uchinchi yirik shahri. Shahar Hindistonning texnologiya va IT markazi hisoblanadi, uni ko'pincha "dunyoning ikkinchi Silikon vodiysi" deb atashadi.