“Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" va Sanoatchilar forumi
Samarqandning turizm brendi aynan qanday bo'lishi kerak?
Sun'iy intellekt va avtomatlashtirishdan turizmda qanday foydalanish kerak?
Nega samarqandlik hunarmandlarning suvenir mahsulotlari raqobatbardosh emas?
Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish darajasi xalqaro standartlarga mos kelishini qanday ta’minlash mumkin?
Bugun shu va boshqa savollarga “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" va Sanoatchilar forumi doirasida boʻlib oʻtgan "Turizmni rivojlantirish, turizm uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish" masalalariga bag‘ishlangan panel sessiyasi ishtirokchilari - turizm sohasidagi tadbirkorlar, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, turizm sohasida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar javob topishga harakat qilishdi.
Panel yig‘ilishi yakunida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”da ishtirok etgan tadbirkorlik sub’ektlari Samarqand viloyati turizm boshqarmasining esdalik diplomlari bilan taqdirlandi.
Panel sessiya ishida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.