Hurmatli Samarqand shahri aholisi va mehmonlari, sizlarni 19, 20 va 21 mart kunlari “Silk Road Samarkand” majmuasining “Boqiy shahar” bogʻida Navroʻz bayramini nishonlashga taklif etamiz!

Sizni tanlovlar, flesh-moblar, milliy liboslar namoyishi, animatorlar ishtiroki va sevimli animatsion filmlarning kostyumli qahramonlari bilan unutilmas ko'ngilochar dastur kutmoqda!
Palov, sumalak va boshqa an'anaviy taomlar har kuni katta qozonlarda tayyorlanadi!
Siz varrak uchirish festivalida ishtirok etishingiz mumkin.
Har kuni siz uchun DJ va o'zbek estradasi yulduzlari chiqish qiladi.
Sizni 19, 20 va 21 mart kunlari soat 10:00 dan 21:00 gacha "Boqiy shahar"da kutamiz.
Kirish:
Har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha hamma uchun kirish bepul.
Soat 17:00 dan yopilgunga qadar kattalar uchun - 30 000 so'm, 8 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 10 000 so'm. 8 yoshgacha bo'lgan bolalar bepul kirishadi.