Hurmatli Samarqand shahri aholisi va mehmonlari!

Sizlarni "Oramizdagi Qahramonlar" nomli fotoko’rgazmasiga tashrif buyurishga taklif qilamiz.
Ko’rgazmada og’ir jismoniy mehnat bilan bog’liq bo’lgan, chidamlilik, sabr-toqat va qat’iyatlilikni talab qiladigan kasblar mutaxassislarining ishini aks ettiruvchi 40 dan ortiq fotosuratlari taqdim etilgan. Noyob fotoloyihaning asosiy maqsadi jamiyat hayotida mehnatkash insonning tutgan o‘rni va ahamiyatini namoyon qilishdan iborat.
Ko’rgazma 15-iyunga qadar Boqiy Shaharda bo’lib o’tadi.
Kirish bepul.