Hurmatli Samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari! 16-19 oktabr kunlari “Silk Road Samarkand” turistik markazidagi “Boqiy shahar”da gastronomik festival boʻlib oʻtadi.


Photo

Hurmatli Samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!

16-19 oktabr kunlari “Silk Road Samarkand” turistik markazidagi “Boqiy shahar”da gastronomik festival boʻlib oʻtadi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan kelgan eng yaxshi oshpazlar o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etadi.

Shu bilan birga, gastronomik festivalda Samarqanddagi mashhur restoranlarning oshpazlari ham ishtirok etadi.

Barcha Samarqandliklarni va shahrimiz mehmonlarini 
16,17,18,19-oktabr kunlari soat 11:00 dan boshlab
“Boqiy shahar”dagi gastronomik festivalga 
tashrif buyurishga va eng sara oshpazlar ijrosidagi o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rishga taklif qilamiz!