Indoneziya telekanali ijodkorlari "Muslim Traveler" ko‘rsatuvini O‘zbekistonda suratga oladi


Photo

Indoneziyalik teleijodkorlar tomonidan "Muslim Traveler" ko‘rsatuvi epizodlari Samarqand va Buxoroda tasvirga olinadi. Bu borada Indoneziyadagi uchrashuvlarda kelishuvga erishildi.

Ma'lumot uchun, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi hamda tegishli tashkilotlardan iborat delegatsiya Malayziya va Indoneziyada bo‘ldi. Maqsad yurtimizga turistlar, aviakompaniyalar  va investorlarni jalb qilish edi. 

Ta'kidlash kerakki, Indoneziyaning “NET MEDIA” kompaniyasi strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Eko Yuvono bilan uchrashuvda O‘zbekistonning turizm salohiyati to‘g‘risida hamkorlikda video ko‘rsatuv tayyorlash masalasi ham muhokama etildi. 

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, fevral – mart oylarida tasvirga olish guruhi a’zolarining O‘zbekistonga tashrif buyurishi va “Muslim Traveler" ko‘rsatuvini Samarqand va Buxoroda tasvirga olish va efirga uzatishga doir kelishuvga erishildi. 

Ma’lumot o‘rnida, NET – Indoneziyaning bepul efirga uzatiladigan televideniya tarmog‘i bo‘lib, 2013-yil 26-mayda tashkil etilgan. Kanal dasturi oilalar va yosh tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.