Indoneziyaning Net Media kompaniyasi Samarqandda hujjatli film olishmoqda


Photo

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari R. Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 27-yanvar 3-fevral kunlari Malayziya va Indoneziyaga tashrifi davomida Indoneziyaning “NET MEDIA” kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil qilinib, kompaniya vakillari Oʻzbekistonga taklif etilgan edilar.

Shu kunlarda, Samarqandning turizm salohiyatini keng yoritish maqsadida “NET MEDIA” kompaniyasi ijodiy guruhi viloyatimizning diqqatga sazovor joylari, oʻzbek xalqining boy tarixi, madaniyati, betakror tabiati va mehmondo‘stligi bilan tanishmoqda va O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmni suratga olish ishlarini olib bormoqda.