Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʼzo davlatlar rassomlari Samarqandda


Photo

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʼzo davlatlar rassomlari Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarining tarixiy va zamonaviy qiyofasini chizmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ijodiy safarda Eron, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek, O‘zbekiston rassomlari ishtirok etmoqda. 

Kuni kecha rassomlar Samarqandga tashrif buyurishdi.

– Samarqandning qadimiy me’morchiligi –ijodkor uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai, – deydi taniqli o‘zbek rassomi Dilorom Mamedova. – 2022-yilda ShHT sammiti arafasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan plenerda qatnashganimda, barcha diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildim. Lekin bugun men Samarqandni qaytadan kashf etyapman.

Qadimdan Samarqand nafaqat an’analar va madaniyatlar chorrahasi, balki keng ma’noda ijodkorlar uchun boy ilhom manbai bo‘lib kelgan.