“ISTIQLOLNI KUYLAYMIZ” nomli ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.


Photo

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining  o‘ttiz ikki yilligiga bag'ishlangan “Istiqlolni kuylaymiz” ko‘rik-tanlovi san’atkorlarining jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining xonandalik va raqs ijrochiligi sanʼati sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan yangi ovozlarni va yangi qo‘shiqlarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda nomzodlar ikkita nominatsiya – xonandalik (milliy estrada, an’anaviy xonandalik) va raqs ijrochiligi sanʼati bo‘yicha shahar va tumanlarda istiqomat qilayotgan san’atkorlar, madaniyat markazlari xodimlari, bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashmoqdalar.

Bugun 27 iyul kuni Samarqand shahridagi “Nurafshon” madaniyat saroyida ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.