📊Italiyalik turistlar tashrifi qariyb 5 barobarga oshgan


Photo

🏢Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 5 004 nafar  Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

✅ Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 953 nafarga yoki 4,8 martaga oshgan.

✅ 2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

 

— dam olish (turizm) – 4 287 nafar

 — qarindoshlarni yo‘qlash – 490 nafar

— xizmat yuzasidan – 181 nafar

— o‘qish maqsadida – 36 nafar