Joriy yilning 28 iyun kuni AQShning eng yirik “National Geographic” internet nashri saytida “7 of the best places to stay in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda qolish uchun eng yaxshi 7 ta joy”) maqolasi e’lon qilindi.


Photo

“Ipak yoʻlining eng katta diqqatga sazovor joylari Oʻzbekistonda joylashgan boʻlib, Markaziy Osiyoning ushbu mamlakati sayyohlar uchun mintaqadagi eng xilma-xil turar joy variantlariga ega, qishloq uy lagerlaridan tortib UNESKO roʻyxatiga kiritilgan eski shaharlardagi mehmonxonalargacha”, - deb yozadi  media va turizmni rivojlantirish  eksperti  Stephen  Lioy.

Bu roʻyxatga Samarqand shahrida joylashgan ikkita mehmonxona ham kiritilgan.

 Ma’lumot uchun: “National Geographic” AQSh Milliy geografiya jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan badiiy bo‘lmagan filmlarni namoyish etadigan Amerika televizion tarmog’i .