Joriy yilning yanvar oyida O'zbekiston va Belarus o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligi nishonlandi.


Photo

Bugungi kunda O'zbekiston-Belarus hamkorligi eng mazmunli davrni boshdan kechirmoqda va so'nggi bir necha yil ichida turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarildi.

 Mamlakatimizning turistik salohiyatini targ'ib qilish maqsadida Samarqandga Belarus ommaviy axborot vositalari vakillari va bloggerlar tashrif buyurishdi.

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning me'moriy diqqatga sazovor joylaridan tashqari, belaruslik jurnalistlarni Siyob bozori, "Konigil" turistik qishlog'i, "Silk Road Samarkand" majmuasi, shuningdek, "Afrosiab"  muzeyi jalb qildi .

Belarus ommaviy axborot vositalari vakillari va bloggerlar tashrifi O'zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi ko'magida amalga oshirildi.