Joylashtirish vositalarida menejment tizimini sertifikatlashtirishga oid videorolik tayyorlandi


Photo

Menejment tizimini sertifikatlashtirish organi faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘z DSt ISO 9001 standarti bo‘yicha turizm sohasida sertifikatlashtirishning afzalliklari haqida videorolik tayyorlandi. Videoklipda joylashtirish vositalari va boshqa sohalarda menejment tizimini joriy etish va sertifikatlashning afzalliklari haqida ma’lumot ko‘rsatilgan. Menejment tizimini O'z DSt ISO 9001, O'z DSt ISO 14001, O'z DSt ISO 22000, O'z DSt ISO 45001, O'z DSt ISO 50001 standartlariga muvofiq sertifikatlash uchun “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” DUK tizimidagi sertifikatlashtirish organiga murojaat qilishingiz mumkin.