📣 Joylashtirish vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 3-bandi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 33-bandiga asosan joylashtirish vositalari tegishli sertifikatsiz va E-mehmon dasturisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emasligi belgilangan.

Ushbu talablarga muvofiq “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK va “E-mehmon” MChJ o‘rtasida memorandum imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin E-mehmon tizimi orqali ogohlantirish yo‘lga qo‘yilgan. 

Muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati tugagan joylashtirish vositalari E-mehmon elektron tizimidan foydalanishlarida avtomatik tarzda cheklov qo‘yiladi.
Tadbirkorlik subyektlari muvofiqlik sertifikatlari amal qilish muddati tugashidan kamida 3 oy oldin “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKga murojaat qilib o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashdan o‘tishlari maqsadga muvofiqligi ma’lum qilinadi.

Ma’lumot uchun: Tel: (+99895) 199-15-01; (+99895) 199-15-04