“Keksalar uchun turizm oyligi” davom etmoqda.
“Keksalar uchun turizm oyligi” davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 340-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq, mamlakat boʻylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini ragʻbatlantirish maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil qilish vazifasi belgilangan.
Qarorga asosan, oylik doirasidagi sayohatlar uchun qator chegirma va aktsiyalar, xususan, Transport vazirligi, «Uzbekistan Airways» АJ va «Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ bilan birgalikda sayohat qiluvchilar uchun yoʼl chiptalari uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.
Samarqand viloyati bo'yicha noyabr oyida “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 140 mingdan ortiq keksalar va nuroniylar uchun respublika hamda viloyat bo‘ylab madaniy meros obyektlarga, muzeylarga va boshqa turizm obyektlariga sayohatlar tashkil etildi.