Koreyada Samarqand turizm salohiyatini targ’ib etuvchi turizm burchklari tashkil etildi.


Photo

Samarqand viloyati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi davomida hududning turizm salohiyatini keng targ’ib qilish orqali viloyatga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida “Star Samarkand” brendi ostida faoliyat olib boruvchi restoranlar tarmog’i bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga muvofiq Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan targ’ibot materiallari hamkor restoranlar tarmog’iga yetkazib berilishi, “Star Samarkand” restorani tomonidan esa maxsus burchak tashkil etish, mijozlar ovqatlanadigan stollarga joyalshtirilgan elektron taomnomalarda hamda LED ekranlarda Samarqand turizmi haqidagi video materiallarni tashrif buyuruvchilarga taqdim etish orqali targ’ibot kompaniyasni tashkil etish kelishib olindi.

Shu kunning o’zida Seul shahrida joylashgan “Star Samarkand” restoranida turizm targ’iboti burchagi tashkil etilib, barcha zaruruiy materillar hamkor tomonga yetkazildi.

Kelgusida restoranlar tarmog’i rahbariyatiga qo’shimcha targ’ibot materilllari hamda o’zbek xalqiga xos milliy hunarmandchilik mahsulotlari va liboslarini taqdim etish orqali selfi zona tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.

Shuningdek, Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan “Gastro Expert” akademiyasi Koreyadagi “Star Samarkand” restoranlar tarmogi uchun oshpazlik, qassobchilik, ofisiantlik, konditerlik va baristalik yo’nalishlarida malakali kadlrani tayyorlash bo’yicha o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu esa o’z navbatida Samarqandning gastronomik turizm salohiyatini Koreyada targ’ib etishga xizmat qiladi.