Kuala-Lumpurning asosiy ko'chasida


Photo

Malayziyaning eng ko‘p tashrif buyuradigan joyida, mashhur «Petronas Twin Towers»  egizak minoralari oldida O‘zbekiston haqidagi videorolik namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo”  (https://dunyo.info/cyrl/site/inner/kuala-lumpur_sha%D2%B3ri_markazida_ozbekistonning_boy_madaniy_merosi_va_zamonaviy_arhitekturasi_namoyish_etilmoqda-zhi)axborot agentligi muxbiri.

O‘zbekistonning boy madaniy merosi haqidagi videomateriallar bir hafta davomida namoyish etiladi.

Eslatib oʻtamiz, ziyorat turizmi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida joriy yilning yanvar oyida Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi bir guruh Samarqand viloyati vakillari O‘zbekistonga maxsus ziyorat sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha Malayziyada muzokaralar oʻtkazgan edilar.